Mog’orga ishlov berish

Mog’or zamburug’i eng qadimgi mikroorganizmdir. Qadimda bu borada hatto: “Uyda zamburug’ paydo bo’lsa, uyni yoqib yuboring!”, deyilgan. Ammo u paytlarda zamburug’ infeksiyalarni yo’q qilish uchun zamonaviy usullar va preparatlar yo’q edi. Endilikda, “EURODEZ” kompaniyasi mog’orga qarshi kurash uchun zarur bilimlar, zamonaviy jihozlar, dezinfeksiyalash vositalari va turli usullariga ega.

Mog’orga qarshi ishlov berish muolajalari

Mog’or bilan aloqa qilishning oqibatlari, birinchi navbatda, quyidagilar bilan ifodalanadi:

  • allergik teri kasalliklari (dermatozlar, mikozlar, zamburug’lar);
  • yuqori nafas yo’llarining kasalliklari (shamollash, yo’tal, astma, pnevmoniya, sinusit, gaymorit, burundan qon ketishi va boshqalar);
  • tayanch-harakat tizimi yoki artikulyar-revmatik kasalliklar;
  • bosh og’riqlari, bosh aylanishi;
  • ko’ngil aynishi, oshqozon buzilishi;
  • tananing ozib-to’zishi.

Uzoq muddatli ta’sir qilish ichki qon ketishiga, buyrak va jigarga zarar yetkazishi hamda o’pka emfizemiga olib kelishi mumkin.

Xonangizda mog’or paydo bo’lsa, yordam uchun darhol “EURODEZ” dezinfeksiya xizmatiga murojaat qiling! Turar va noturar joylarda yashovchi zamburug’lar, odatda, «Qora mog’or» yoki Aspergillusga – yuqori mog’orli zamburug’larga oid. Turiga qarab, ular 4 va 3-patogen guruhlariga kiradi. Ushbu turdagi mog’or odamlarda Aspergillusni keltirib chiqaradi (tananing turli organlari va tizimlarining yaralanishi bilan tavsiflanadi, ammo bunda bronxial-o’pka tizim ko’pincha zarar ko’radi). Zamburug’ tanasining o’zi dastlab oq rangga ega, ammo uning poralari qora rangda bo’ladi. Ko’pincha nam, qorong’i xonalarda uchraydi. Chaetomium – odatda qora rangga bo’yalgan bo’ladi. Ko’pincha odamlarda allergiyaga sabab bo’ladi. Asosiy xavf ushbu mog’orning ovqat hazm qilish tizimiga kirganida yuz bera boshlaydi. Ushbu zamburug’ sabab bo’lgan o’lim holatlari ham ma’lum.

Mutaxassisimiz manzilingizga tashrif buyurishi bilan xonadagi havoning turg’unligiga va namlikning oshishiga olib keladigan sabablarni aniqlaydi. Shamollatish va isitish tizimi loyihalash standartlariga muvofiq to’g’ri ishlashi zarur. Xonalarga ishlov berishda harakatlar ketma-ketligi taxminan bir xil shaklda kechadi. Dastavval, devorlarni ehtiyotkorlik bilan tayyorlash talab etiladi, chunki bor-yo’gi bir necha yil ichida zamburug’ suvoq va devorning chuqur qatlamlarini parchalab, g’isht va beton konstruksiyasiga zarar yetkazgan bo’ladi.
Devorlar mog’or zamburug’larining ko’rinadigan qatlamlaridan va ularning poralaridan infeksiyalangan sirtlarni mexanik ishlov berish (ishqalab tekislash) yo’li bilan tayyorlanadi.

Kompaniyamiz binoni O’zbekiston Respublikasi hududida sotish va foydalanishga ruxsat etilgan eng so’nggi sertifikatlangan preparatlarni qo’llagan holda dezinfeksiya muolajalarini amalga oshiradi. Ishlov berish ikki bosqichda amalga oshiriladi: mexanik ishqalab tekislash orqali yuzani tozalash, sirt qismga qo’lda nuqtali purkash orqali preparatni sepish. Sirtlarga ishlov berilgandan so’ng, ular maxsus antiseptik tuproq bilan qoplanishi mumkin, bu sirt rangini tiklashga yordam beradi, changdan tozalaydi va asoslarning chidamliligini oshiradi. Bundan tashqari, bunday tuproq asoslar (ostki qism/poydevorlar) havo va bug’ni o’tkazuvchanligini saqlaydi, bu esa nihoyatda muhimdir.

Hududdagi mog’or va zamburug’larga qarshi ishlov berish tadbirining aniq narxi, hududga, maydonning murakkabligiga qarab, bizning malakali mutaxassisimiz tomonidan joyida belgilanadi.

BIZNING MAHSULOTIMIZ

Bizning tayyor mahsulotlarimiz bilan tanishib chiqing

NIMA UCHUN AYNAN BIZNI TANLASH KERAK

BARCHA TURDAGI XONALARNI VA HAR QANDAY MAYDONDAGI HUDUDLARNI ZARARKUNANDALARDAN XALOS QILAMIZ

MIJOZLARIMIZNING MUAMMOLARI FAQAT BIZGAGINA MA’LUM BO‘LADI XOLOS

SHARTNOMA BO‘YICHA RASMIY KAFOLAT - 6 OYDAN 12 OYGACHA. TAKRORAN ISHLOV BERISH -50% CHEGIRMA ASOSIDA!

15 YILLIK ISH VA 225 MINGDAN ORTIQ BAJARILGAN BUYURTMALARDA - ATIGI 3,6 FOIZ TAKRORAN ISHLOV BERISH

    Bepul maslahat olish

    Kontaktlaringizni ko‘rsating va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishadi!

    *sizning ma’lumotlaringiz 3-chi shaxslarga berilmaydi