Suvaraklarni yo’q qilish
Ko’p qavatli uylardagi xonadon, hovli uyda, kafe-restoranda, umumiy yotoqxonada hamda bu jirkanch zararkunandalar paydo bo’lgan va odamni borligi bilan bezovta qiladigan har qanday boshqa binoda ham suvaraklarni yo’q qilish faqat tajribali mutaxassislar tomonidan samarali amalga oshiriladi. Har kimni bezor qiluvchi suvaraklar hech qachon turar-joyni o’z o’zidan tark etmaydi va ularning soni doimiy ravishda o’sib boradi, shu tariqa oshxonadagi va umumiy joylarda barcha sirtlarni ifloslantirib, antisanitariya sharoitlariga va turli xil zararli bakteriyalar va mikroorganizmlarga sababchi bo’ladi.
O’zbekistonda xonadonlarda suvaraklarni yo’q qilish
Xonadonni suvaraklardan tozalash ushbu yashovchan hasharotlarga qarshi tezkor kurashda zaruriy choradir. An’anaviy uy-ro’zg’or ashyo-buyumlari, shuningdek, suvaraklar uchun turli xil o’ljalar va tuzoqlar har doim ham ko’p sonli bo’lgan ushbu hasharotlarga qarshi samarali bo’lmaydi va barcha mavjud zararkunandalar bilan kurashishga shunchaki vaqtlari yetmaydi, chunki ular tez ko’payadi.
Binobarin, suvaraklarga qarshi mustaqil kurash uzoq muddatga – oylar va hatto yillarga cho’zilishi mumkin va shunda ham suvaraklar yo’qolmaydi, chunki bir nechta suvarak, albatta, omon qolib, o’zidan ko’payib, “bolalaydi”. Shuning uchun suvaraklarni professional ravishda zararsizlantirish muolajasi har qanday xonada suvaraklarni uzil-kesil yo’q qilishga qodirdir.
Maksimal natijaga erishish uchun butun xonaga ishlov beriladi, agar biror bir sababga ko’ra xonaning bir qismini ishlovsiz qoldirishga qaror qilsangiz, bu zararkunandalarning ishlov berilgan joylardan ishlov berilmagan joylarga ko’chishiga olib keladi.
Suvaraklarni dorilangan tuman bilan yo’q qilish hasharotlarni to’liq yo’q qilishning eng samarali usuli hisoblanadi, chunki yaratilgan tumanning uchuvchanligi preparatning eng qiyin joylarga ham kirib borishiga yordam beradi, shuning uchun zararkunandalar osonlikcha yashirinib ololmaydi.
Epidemiologlarning ma’lumotlariga ko’ra, suvaraklar ich terlamasi va boshqa shu kabi yuqumli kasalliklarning tashuvchilaridir! Shuning uchun, agar siz sog’lig’ingiz hamda oilangiz va do’stlaringizning sog’lig’i haqida qayg’urayotgan bo’lsangiz, suvaraklar bilan kurashish muhim va favqulodda talab etiluvchi tadbirdir.
Suvaraklar uzoq vaqt davomida oziq-ovqatsiz yashay oladilar, biroq suv manbalariga kira olishlari ularning yashovchanligiga asosiy sabab bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun, bu hasharotlar suv izlab, uni hammom va hojatxonada muvaffaqiyatli topadilar. Tungi soatlarda siz oshxonada rakovinani artib tashlashingiz mumkin bo’lsa ham, lekin dushdan keyin har safar vannani yoki unitazni qup-quruq qilib artib tashlash vazifasi ancha qiyin masala. Eski quvurlar fondidagi hamda doimo oqib turuvchi quvurlardagi namlik haqida gapirmasa ham bo’ladi. Suvaraklar hojatxonada yugurib yurib, keyin oshxonada oziq-ovqat yoki idish-tovoqlar joylashgan javonlar bo’ylab harakatlanishlari, shubhasiz, uy egalarini xursand qilishi dargumon.
“EURODEZ” tomonidan suvaraklardan zararsizlantirish ishlari butun hudud bo’ylab, shu jumladan devorlarda amalga oshiriladi. Rakovina, plintuslar, batareyalar, shuningdek, ifloslangan havoni so’rib olish, shamollatish moslamalari va eshiklar ostidagi joylarga alohida e’tibor beriladi. Xonani maxsus tayyorlash shart emas, faqat oziq-ovqat mahsulotlarini olib tashlash kifoya.
Suvaraklarni yo’q qilish uchun mutaxassisni qanchalik ertaroq chaqirsangiz, o’zingizni yuqumli kasalliklar bilan bog’liq muammolardan shunchalik ertaroq himoya qilgan bo’lasiz! O’zbekistonning “EURODEZ” xizmati.
NIMA UCHUN AYNAN BIZNI TANLASH KERAK
BARCHA TURDAGI XONALARNI VA HAR QANDAY MAYDONDAGI HUDUDLARNI ZARARKUNANDALARDAN XALOS QILAMIZ
MIJOZLARIMIZNING MUAMMOLARI FAQAT BIZGAGINA MA’LUM BO‘LADI XOLOS
SHARTNOMA BO‘YICHA RASMIY KAFOLAT - 6 OYDAN 12 OYGACHA. TAKRORAN ISHLOV BERISH -50% CHEGIRMA ASOSIDA!
15 YILLIK ISH VA 225 MINGDAN ORTIQ BAJARILGAN BUYURTMALARDA - ATIGI 3,6 FOIZ TAKRORAN ISHLOV BERISH