Ishlov berishga kafolat
3, 6 yoki 12 oyga rasmiy kafolat beramiz — muddat zararkunanda turiga bog‘liq. Jismoniy shaxslarga kafolat taloni beramiz, kompaniyalar bilan shartnoma tuzamiz.
Kafolat muddatlari
Suvaraklar, chumolilar, chayonlar, o‘rgimchaklar, chigirtkalar; kalamush va sichqonlar; viruslar, mog‘or
Qandalalar, burgalar, kanalar, termitlar, bitlar, arilar
Chivinlar, pashshalar, mayda chivinlar, kuyalar, qo‘ng‘izlar, tukli arilar, qovoqarilar, ilonlar, kaltakesaklar, ko‘rsichqonlar
Zararkunandalar qaytsa
Bizga xabar bering
+998 55 900-77-77 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling — mutaxassis vaziyatni aniqlab, kelish vaqtini kelishadi.
Bir hafta ichida
Dastlabki narxning 50 foiziga qo‘shimcha ishlov o‘tkazamiz.
Keyinroq, kafolat muddatida
Xuddi shu yarim narxga boshqa ishlov usulini tanlaymiz.
Kafolat qanday rasmiylashtiriladi

- Jismoniy shaxslarga — kafolat taloni. U ishlovdan oldin va keyin imzolanadi; unda zararkunandalar, kafolat muddati va xavfsizlik qoidalari ko‘rsatiladi.
- Kompaniyalarga — shartnoma; restoran, kafe va davlat muassasalariga — bajarilgan ishlar dalolatnomasi ham. Batafsil — biznes uchun pest-nazorat.
- Talon mutaxassisning barcha tavsiyalari bajarilganda beriladi. Masalan, mutaxassis qayta ishlov belgilagan bo‘lsa, kafolat undan keyin kuchga kiradi.
- Bir necha ishlov kerak bo‘lsa, ular orasidagi interval 8 kundan oshmaydi.
Kafolat qachon amal qilmaydi
- Mutaxassis tavsiyalari bajarilmagan.
- Zararkunandalar biz ishlov bermagan qo‘shni xonalar, hududlar yoki obyektlardan kelgan.
- Talon yoki shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa turdagi zararkunandalar paydo bo‘lgan.
- Bizning ishimizdan keyin obyektga o‘zingiz yoki boshqa ijrochilar ishlov bergan.
- Ishlovdan keyin ta’mir, qayta rejalashtirish qilingan, mebel yoki buyumlar olib kelingan.
- Kafolat muddati tugaganidan keyin murojaat qilingan.
Ishlovdan keyin nima qilish kerak
3–4 soat
Ishlov berilgan xonaga kirmang (yo‘riqnoma bo‘yicha — 24 soatgacha, aniq muddatni mutaxassis aytadi).
2–3 soat
Shamollating. Qo‘l tegadigan joylarni — kalitlar, tutqichlar, stollarni artib chiqing; choyshab, idish va o‘yinchoqlarni yuving.
7–10 kun
Pollar, devorlar va mebelni yuvmang — preparat ta’sirini davom ettiradi.
Kafolat bo‘yicha savollaringiz bormi?
Nima uchun aynan bizni tanlash kerak
Kvartira, uy, restoran, ombor, mehmonxona va korxonalar bilan ishlaymiz
Mijozlarimizning muammolari faqat bizgagina ma’lum bo‘ladi xolos
Kafolat — zararkunandaga qarab 3, 6 yoki 12 oy. Bir hafta ichida qaytsa — 50% ga qo‘shimcha ishlov
15 yillik ish va 225 mingdan ortiq bajarilgan buyurtmalarda — atigi 3,6 foiz takroran ishlov berish
