Xonadonlarda burgalarni yo’q qilish

Burgalar mayda qon so’ruvchi, bir joydan ikkinchi joyga harakatlanib yuruvchi hasharotlardir.

Burgalarga qarshi zararsizlantirish ishlari

Burgalar mayda qon so’ruvchi, bir joydan ikkinchi joyga harakatlanib yuruvchi hasharotlardir. Ko’pincha burgalarni uy hayvonlari ko’chadan uyga olib kelishi kuzatiladi. Xonadonda burgalar nafaqat uy hayvonlarini, balki odamlarni ham turmasdan chaqa boshlaydi. Ko’rpa-to’shak kanalaridan farqli ravishda, burgalar kechayu kunduz faoldirlar. Burga chaqishi sezilarli darajada og’riqli hamda odamlar va uy hayvonlari uchun noqulaylik tug’diradi, shuning uchun bu hasharotlar uyda paydo bo’lganda, ularni darhol yo’q qilish zarur. Noxush, og’riqli chaqishlardan tashqari, olimlarning fikriga ko’ra, burgalar barcha ma’lum kasalliklarning tashuvchisi hisoblanadi. Burgalar olib kelishi mumkin bo’lgan eng xavfli infektsiya Bubon vabosidir. Vabodan tashqari bu parazitlar odamga toshmali tif, gepatit, ensefalit kabi 20 ga yaqin kasalliklarni yuqtirishi mumkin.

Burgalarni ko’chadan uy hayvonlarigina olib kelmay, balki bu zararkunandalar odamlarning kiyimiga yopishib olish orqali ham uylarga kirib o’tadi. Shunday qilib, burgalar hatto eng saranjom-sarishta xonadonda ham paydo bo’lib qolishi mumkin. Zamonaviy shaharlarda har bir uyda burgalar ayniqsa “sevib” joylashadigan issiq yerto’lalar mavjud.

Inson tanasida burga chaqishi dastlab allergik reaksiya bilan adashtirilishi mumkin. Odamlarga burga hujumlarining o’ziga xos xususiyati – oyoqlarda chaqishlarning to’planishi bilan ifodalanadi. Burgalar pollar yuzasida sakrash orqali harakatlanishi tufayli, ular ko’pincha uy a’zolarining oyoqlariga borib qo’nadilar.
Agar burga chaqishiga o’xshash chaqish izlari va hatto uyingizda bu zararkunandalar aniqlansa, darhol ularni yo’q qilishni boshlashingiz kerak.

O’zbekistonda burgalarni zararsizlantirish

Xonadon yoki hovli uyda burgalarni yo’q qilish juda murakkab ish bo’lib, bunda o’zingizga va yaqinlaringizga zarar yetkazmaslik uchun mas’uliyat bilan yondashish talab etiladi. Burgalarni yo’q qilish jarayoni hamyonbop kechishi va ziqnalar kabi ikki martalab to’lashga majbur bo’lib qolmaslik uchun tassarufida barcha tegishli uskuna-jihozlarga, sertifikatlangan preparatlarga va eng muhimi, burgalarni yo’q qilish tajribasiga ega bo’lgan ixtisoslashtirilgan “EURODEZ” xizmatiga murojaat qilishingiz kerak.

Turar-joy binosining yerto’lasida burgalarni yo’q qilish

Bizning mutaxassisimiz siz murojaat qilgan kuniyoq yoki siz uchun qulayroq bo’lganda, burgalarni yo’q qilish uchun manzilingiz sari yo’l olishga tayyor.

Burgalarni yo’q qilishni keyinga qoldirmaslik muhim, chunki mazkur zararkunanda hasharotlar juda katta tezlikda ko’payadi. Shuning uchun siz noqulayliklarga dosh berar ekansiz yoki hasharotlarni o’zingiz mustaqil ravishda yo’q qilishga harakat qilar ekansiz, ular xonadoningizda batamom o’rnashib olib, qo’shnilaringizni ham bezovta qila boshlaydi. Bunday holatda, qo’shnilaringiz bilan birgalikda muammoni hal qilishingizga to’g’ri keladi.

Xonadonni burgalardan tozalash

Burgalarga qarshi dezinfeksiya bolalar va hayvonlarning sog’lig’iga hech qanday zarar yetkazmagan holda tezkor va samarali amalga oshiriladi hamda mulkka zarar yetkazmaydi. Kichkina o’lchamlari va faol hayot tarzi tufayli ularni butunlay yo’q qilish uchun burgalarga qarshi ishlov berish muolajasini bir martagina o’tkazishning o’zi kifoya bo’ladi! Biz burgalarning yo’q etilishini 100 foizga kafolatlaymiz.

BIZNING MAHSULOTIMIZ

Bizning tayyor mahsulotlarimiz bilan tanishib chiqing

NIMA UCHUN AYNAN BIZNI TANLASH KERAK

BARCHA TURDAGI XONALARNI VA HAR QANDAY MAYDONDAGI HUDUDLARNI ZARARKUNANDALARDAN XALOS QILAMIZ

MIJOZLARIMIZNING MUAMMOLARI FAQAT BIZGAGINA MA’LUM BO‘LADI XOLOS

SHARTNOMA BO‘YICHA RASMIY KAFOLAT - 6 OYDAN 12 OYGACHA. TAKRORAN ISHLOV BERISH -50% CHEGIRMA ASOSIDA!

12 YILLIK ISH VA 225 MINGDAN ORTIQ BAJARILGAN BUYURTMALARDA - ATIGI 3,6 FOIZ TAKRORAN ISHLOV BERISH

    Bepul maslahat olish

    Kontaktlaringizni ko‘rsating va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishadi!

    *sizning ma’lumotlaringiz 3-chi shaxslarga berilmaydi