Kanalardan zararsizlantirish
Hududni (uchastka) kanalardan zararsizlantirish mas’uliyatli vazifadir, shuning uchun uni bog’, o’rmon bog’i va boshqa hududlarni iksod kanalardan professional akaritsid bilan ishlov berishni amalga oshiruvchi O’zbekistonning “EURODEZ” ixtisoslashtirilgan sanitariya-epidemiologiya xizmatiga ishonib topshirgan afzal.
Yozgi uyda (dacha uchastkasi) kanalarni yo’q qilish
Kanalarni yo’q qilish yoki odamlar yashaydigan va ochiq havoda dam olish joylarini akaritsid bilan zararsizlantirish muolajalari har yili kanalar faollashuvi mavsumi boshlanishi bilan amalga oshiriladi. Bu kanalar bilan yuqadigan infeksiyalar, masalan, kanalar ensefaliti va Laym kasalligining oldini olishning ajralmas qismi hisoblanadi.
Kana chaqishi muammosi mavsumiy bo’lib, odatda erta bahordan yozning o’rtalarigacha va avgustdan oktyabr oyining o’rtalariga qadar davom etadi, bu muammo ayniqsa o’rmon yaqinida joylashgan dachalarda turuvchi aholining bog’dorchiligi uchun dolzarbdir. Dachalar faslining kelishi bilan, taxminan aprel oyida, birinchi chaqish to’g’risidagi xabarlar kela boshlaydi.
Kana chaqishi. Insonlarda kuzatiluvchi tashqi belgilar
Kana ensefalitini tashuvchi kana chaqishlari eng xavfli hisoblanadi. Ensefalit kananing chaqishi odamlarda ensefalitning avj olishiga olib kelishi mumkin, bu jiddiy kasallik bo’lib, u o’z vaqtida davolanmasa, o’limga olib kelishi mumkin.
Kana chaqishi bilan yuqumli kasallikning ilk belgilari - ko’ngil aynishi, bosh aylanishi, haroratning keskin oshib ketishi kabilarning paydo bo’lishini kutib o’tirmaslik kerak, aksincha darhol hasharotlar chaqishi bo’yicha mutaxassis-shifokorlar bilan bog’lanish darkor! Hech qanday holatda kanani siqib chiqarish, qisqich yoki tirnoq bilan tortib olishga urinmang, chunki bu holda hasharotning boshi yarada qolib ketishi mumkin, bu esa turli noxush asoratlarga olib keladi! Chaqish joyini va kananing o’zini moylab, u o’z-o’zidan chiqib ketguncha bir necha daqiqa kutib turing, so’ng uni biror idishga solib qo’yib, tadqiqot uchun yuboring.
Siz o’zingiz va yaqinlaringizning dachadagi yoqimli bahoriy kayfiyatdagi ta’tilini jiddiy noxush hodisaga aylantirmaganingiz yaxshi, ayniqsa, infeksiyani yuqtirish ehtimoli mavjud bo’lganda. Yuqorida qayd etilgan davrlarda yalang oyoq holatda o’rmon bo’ylab yurish qat’iyan nomaqbuldir, buni doimo yodda saqlash zarur.
Kanalarga qarshi zararsizlantirish muolajalari
Kanalardan hududni zararsizlantirish qiymati hududda butalarning mavjudligi, ularning soni, maydoniga bog’liq va yakuniy narxni bizning mutaxassislarimiz joyida - ko’z o’ngingizda hisoblab chiqishadi.
Agar siz o’z uchastkangizni profilaktik zararsizlantirish yuzasidan oldindan g’amxo’rlik ko’rsatsangiz, va yoki barcha bog’dorchilik va uning atrofidagi hududlar o’zaro birlashgan holda ushbu faoliyatlarni o’tkazsa, u holda mavsum davomida kanalar bilan bog’liq noxush vaziyatlar va ular qo’shni hududdan shamol bilan uchirilib yoki hayvonlar tomonidan olib kelinishidan xavotir olmasangiz ham bo’ladi.
Hududni kanalardan akaritsid bilan zararsizlantirish sizni ushbu hasharotlar paydo bo’lishidan samarali qutqaradi, shuningdek, chivin va mayda chivinlar kabi boshqa qon so’ruvchi hasharotlar sonini yanada kamaytirishga yordam beradi.
Kanalar va boshqa hasharotlardan hududni professional ravishda zararsizlantirish muolajasini bizning ofisimizga tashrif buyurish orqali yoki telefon orqali bog’lanib buyurtma qilishingiz mumkin.
Заказать профессиональную обработку участка от клещей и других насекомых можно на нашем сайте либо связавшись с нами по телефону.
Bizning mahsulotimiz
Nima uchun aynan bizni tanlash kerak
Kvartira, uy, restoran, ombor, mehmonxona va korxonalar bilan ishlaymiz
Mijozlarimizning muammolari faqat bizgagina ma’lum bo‘ladi xolos
Kafolat — zararkunandaga qarab 3, 6 yoki 12 oy. Bir hafta ichida qaytsa — 50% ga qo‘shimcha ishlov
15 yillik ish va 225 mingdan ortiq bajarilgan buyurtmalarda — atigi 3,6 foiz takroran ishlov berish




