Sichqonlarni yo’q qilish
O’zbekistondagi “EURODEZ” ixtisoslashtirilgan deratizatsiya xizmati kemiruvchilarni yo’q qilish uchun barcha zarur usul va vositalarga ega bo’lib, sichqon kabi muammodan imkon qadar qisqa muddatlarda xalos qilishga qodir.
O’zbekistonda sichqonlarni yo’q qilish
Hududlarda sichqonlarning yo’q qilinishi muhim tadbirdir, chunki sichqonlar kalamushlarga qaraganda kichikroq bo’lsa-da, ular ko’plab muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Sichqonlar omborxonalardagi materiallarni kemirib, infeksiyani tarqatadi. Qolaversa, sichqonlar elektr simlarini tishlab olsa, bunday holat yong’inga olib kelishi mumkin. Bir so’z bilan aytganda, uylarda sichqonlarning bo’lishi, boshqa zararkunandalarning mavjudligi kabi hududdagi nochor ahvolning belgisidir. Va, albatta, biz ular bilan kurashishimiz kerak.
Sichqonlar, kalamushlar kabi, turli yuqumli kasalliklar – HFRS, leptospiroz, salmonella, kampilobakterioz va boshqalarning potensial tashuvchisi hisoblanadi. Shu bilan birga, kalamushlar odamlarni, shuningdek uy hayvonlarini nafaqat to’g’ridan-to’g’ri tishlash orqali yuqtirishi mumkin, va balki kasallangan hayvonning tupugi, siydigi yoki tuki qoladigan narsalar bilan aloqa qilish hamda havo tomchilari orqali yuqtirishi kabi ehtimollik ham mavjud.
Ombor va yerto’lalarda sichqonlarni yo’q qilish
Sichqonlar ko’pincha oziq-ovqat omborlarida va turar-joy binolarining yerto’lalarida, masalan, yozgi uylarda joylashadilar. Sichqonlar inson oziq-ovqatlarini sevib iste’mol qiladilar, shuning uchun turli xil do’konlar, yozgi uylar va gipermarketlar xavf ostida qoladi.
Kalamushlardan farqli o’laroq, sichqonlarning hududlarda kengayib, joy egallashlari ancha soddaroq kechadi va bunda, sichqonlar o’zlarini kamtar tutadilar. Ular odamlar bilan aloqa qilishdan qochib, doimo yashirinadilar. Biroq, shu bilan birga ular tez ko’payadilar ham va katta hududlarda oziq-ovqat va qo’r-qutni tezda buzishga qodir bo’ladi.
Sichqonlar bilan qo’shnichilikka toqat qilib bo’lmaydi – kemiruvchilarga qarshi kurash muvaffaqiyatli bo’lishini ta’minlash uchun choralar darhol ko’rilishi kerak, darhol ixtisoslashgan “EURODEZ” xizmatiga murojaat qilishingiz kerak.
O’zbekistonda uy sichqonlarini “EURODEZ” xizmati tomonidan samarali yo’q qilinishi
Sichqonlarga qarshi kurash murakkab va bir necha bosqichlardan iborat. Tajribali mutaxassisimiz ularning migratsiya, oziqlanish, ko’payish joylarini aniqlab topadi. Joyda vaziyatdan kelib chiqqan holda, mutaxassis keyingi migratsiyaning oldini olishni tavsiya qiladi.
Biz kalamushlarni quyidagi hududlarda muvaffaqiyatli yo’q qilamiz:
- ko’p qavatli uylardagi xonadonlar va turar-joy binolari;
- kafe va restoranlar;
- ofislar, omborlar;
- bolalar bog’chalari va maktablar;
- kottejlar, yozgi uylar (dachalar) va uchastkalar;
- qishloq xo’jaligi yer uchastkalari.
Agar sichqonlar borligi muammosi sizni bezovta qilgan bo’lsa, unda kech bo’lgunga qadar kechikmang. Sichqonlar juda tez sur’atlarda o’z sonini ko’paytirib, borgan sari “surbetlasha” boshlaydi – atrofdagi mavjud narsalarni yanada ko’p hajmlarda yeb bitiradi va shu tariqa, zarar yetkazishda davom etadi. “EURODEZ” professional xizmatiga murojaat qiling.
NIMA UCHUN AYNAN BIZNI TANLASH KERAK
BARCHA TURDAGI XONALARNI VA HAR QANDAY MAYDONDAGI HUDUDLARNI ZARARKUNANDALARDAN XALOS QILAMIZ
MIJOZLARIMIZNING MUAMMOLARI FAQAT BIZGAGINA MA’LUM BO‘LADI XOLOS
SHARTNOMA BO‘YICHA RASMIY KAFOLAT - 6 OYDAN 12 OYGACHA. TAKRORAN ISHLOV BERISH -50% CHEGIRMA ASOSIDA!
15 YILLIK ISH VA 225 MINGDAN ORTIQ BAJARILGAN BUYURTMALARDA - ATIGI 3,6 FOIZ TAKRORAN ISHLOV BERISH