O’zbekistonda kalamushlarni yo’q qilish

O’zbekistondagi “EURODEZ” ixtisoslashtirilgan deratizatsiya xizmati kemiruvchilarni yo’q qilishning barcha zarur usullari va vositalariga ega hamda imkon qadar tezroq kalamush kabi muammodan xalos qilishga qodirdir.

Kalamush va sichqonlarning yo’q qilinishi

Kalamushlar turli yuqumli kasalliklar – HFRS (sichqon kasalligi), leptospiroz, salmonellal, kampilobakterioz va boshqalarning potensial tashuvchisi hisoblanadi. Shu bilan birga, kalamushlar odamlarni, shuningdek uy hayvonlarini nafaqat to’g’ridan-to’g’ri tishlash orqali yuqtirishi mumkin, va balki yuqumli hayvonning tupugi, siydigi yoki tuk qoldiqlari bilan hamda havo tomchilari orqali aloqa qilish bilan ham ma’lum bir ehtimollik bilan yuqtiradi.

Shahar sharoitida, odamning yonida o’zini yaxshi his qiladigan kalamushlarni yo’q qilish oson ish emas. Bunday qo’shnichilik insoniyatning butun hayoti chog’ida davom etadi. Kalamushlar nihoyatda yashovchan va o’zgaruvchan, turli sharoitlarga hamda zahar turlariga mukammal moslashadi. Kalamushlar tez sur’atlarda ko’payadi, shuning uchun ularning hammasini tutib ushlashning ilojisi yo’q.

Yerto’lalarida kalamushlar bo’lgan uy egalari nihoyatda azoblanadilar. Bunga nafaqat antisanitariya va tishlash yoki kalamushlar bilan aloqa qilish natijasida infeksiyani yuqtirish ehtimoli, shu bilan birga yoqimsiz hid, tinimsiz shitirlash tovushlari, shuningdek, kalamushlar simlarni g’ajilay boshlagan joylarda elektr kuchlanishlarda doimiy sakrashlar va qisqa tutashuvlar asos bo’lib xizmat qiladi. Kalamushlar bilan qo’shnichilikka toqat qilib bo’lmaydi. Bunday hollarda tegishli choralar ko’rish zaruriy choradir. Kalamushlarga qarshi kurash muvaffaqiyatli kechishi uchun darhol ixtisoslashgan “EURODEZ” xizmatiga murojaat qilishingiz kerak.

Kemiruvchilarni to’liq yo’q qilish kompleks yondashuvni, shuningdek, barcha zarur zamonaviy asbob-uskunalar va eng yangi dori vositalari bilan jihozlangan malakali xodimlarning mavjudligini talab qiladi.

O’zbekistonda deratizatsiya

Biz kalamushlarni quyidagi hududlarda muvaffaqiyatli yo’q qilamiz:

  • ko’p qavatli uylardagi xonadonlar va turar-joy binolari;
  • kafe va restoranlar;
  • ofislar, omborlar;
  • bolalar bog’chalari va maktablar;
  • kottejlar, yozgi uylar (dachalar) va uchastkalari;
  • qishloq xo’jaligi yer uchastkalari.

Agar sizga kalamushlar borligi muammosi ta’sir qilgan bo’lsa, unda kech bo’lgunga qadar ularga qarshi harakatlarga kirishing. Zero, kalamushlar o’z sonini juda tez sur’atlarda ko’paytirib, borgan sari “surbetlasha” boshlaydi – atrofdagi mavjud narsalarni yanada ko’p hajmlarda yeb bitiradi va shu tariqa, zarar yetkazishda davom etadi. “EURODEZ” professional xizmatiga murojaat qiling.

BIZNING MAHSULOTIMIZ

Bizning tayyor mahsulotlarimiz bilan tanishib chiqing

NIMA UCHUN AYNAN BIZNI TANLASH KERAK

BARCHA TURDAGI XONALARNI VA HAR QANDAY MAYDONDAGI HUDUDLARNI ZARARKUNANDALARDAN XALOS QILAMIZ

MIJOZLARIMIZNING MUAMMOLARI FAQAT BIZGAGINA MA’LUM BO‘LADI XOLOS

SHARTNOMA BO‘YICHA RASMIY KAFOLAT - 6 OYDAN 12 OYGACHA. TAKRORAN ISHLOV BERISH -50% CHEGIRMA ASOSIDA!

15 YILLIK ISH VA 225 MINGDAN ORTIQ BAJARILGAN BUYURTMALARDA - ATIGI 3,6 FOIZ TAKRORAN ISHLOV BERISH

    Bepul maslahat olish

    Kontaktlaringizni ko‘rsating va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishadi!

    *sizning ma’lumotlaringiz 3-chi shaxslarga berilmaydi