Xonani suvarak va kloplardan tozalash uchun tayyorlash:
- Ishlov berish 30 daqiqa davom etadi
- Imkoniyat darajasida mebellarni devordan 30-40 santimetr surish kerak
- Pollarni chang va axlatlardan namlab tozalash zarur
- Yuvinish xonasi, hojatxona va oshxonalardagi barcha suv oqqan joylarni quritish lozim
- Yuvinish xonasidagi barcha shaxsiy tozalik vositalarini (tish cho‘tkasi, sochiqlar) o‘rab olib qo‘yish joiz
- yeguliklarni muzlatkichga
- Bolalar o‘yinchoqlarini panaga olish
- Hayvonlar idishlari va lotoklarini ham xaltalarga solish, akvariumning ustini yopish va filtrni o‘chirish shart.
Quyidagilar umuman man etiladi!
- Idish-tovoqlar, buyumlar, kitoblar va b.ni yig‘ishtirib, joylab, boshqa yerga olib ketish. Bu bilan siz suvaraklar kutikulasiga ishlov berish vaqtida ularni vaqtincha ko‘chirib ketishingiz va yana xonaga qayta olib kirishingiz mumkin bo‘ladi.
Ishlov berilgandan so‘ng:
- barcha o‘lik hasharotlarni poldan va xonaning boshqa yuzasidan yig‘ishtirib olish va tashlab yuborish;
- pol, yumshoq mebel jihozlari, plintus va gilamlarni changyutgichda tozalash;
- agar buyumlaringizga dezinseksiya vaqtida ta’sir ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularni yuqori harorat – Selsiy shkalasi bo‘yicha taxminan 60+ darajada yaxshilab yuvish talab etiladi. To‘rparda va qalin pardalarni, adyol va choyshablarni yechish va barchasini yuvib tozalash yoddan chiqmasin.
- Qo‘l tegadigan barcha joylar – stollar, eshik tutqichlari, qo‘l yetadigan chaspaklar, pultlar va boshqa shunga o‘xshash narsalarni – yengil ishqorli eritmalar bilan qo‘lqop kiyib tozalab arting!
- polning faqat yuradigan qismingizni arting. Devorlar, plintuslar, isitish radiatorlari, qo‘l yetishi qiyin joylarni 3 haftagacha yuvmang.
- xonadonga ishlov berilgach, kamida 2 soat davomida shamollating.