Kanalarni yo’q qilish

Xonadonda, uyda, qurilish xizmat xonalari va boshqa binolarda yotar-joy kanalarini professional tarzda yo’q qilish - natijalar kafolati. «EURODEZ» kanalarni yo’q qilish bo’yicha ixtisoslashgan xizmati sizga yotar-joylardagi kanalardan uzil-kesil xalos bo’lishga yordam beradi!

Professional dezinseksiya

Mutaxassislarimiz so’rov xatlari asosida bizdan ilgari kanalar bilan kurashishga urinilgan, ammo muvaffaqiyatsiz kechgan turar-joylarga ko’p marotaba chiqib xizmat ko’rsatishgan. Vaqtingiz va pulingizni behuda sarflamang – faqat ishining ustalarini chaqiring! Bizning dezinfeksiyachilarimiz turar-joyda zararkunandalarni yo’q qilishga qanchalik tez kirishsa, shunchalik kanalardan xalos bo’lish tezroq va arzonroq kechadi. Hasharotlarga qarshi kurashda kechikish – har bir kun va kechada ularga tuxum qo’yishiga, ulardan yosh va juda och kanalarning paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. Yangi kanalar esa ovloq yerlarini tobora ko’proq qamrab olgan holda o’sish va ko’payish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Kana faqat qon bilan oziqlanadi, bu odamga ko’plab noqulayliklar tug’diradi, qolaversa bu turdagi hasharotlar bir-biridan uzoqda joylashgan inson tanasida tishlash izlarini “yo’lakcha” shaklida qoldirib, shu tariqa tulyaremiya, brutsellyoz, chechak, B gepatiti, sil, ich terlama va kuydirgini (bu isbotlanmagan bo’lsa-da) keltirib chiqaradigan organizmlar tashuvchisi bo’lib qolishi mumkin.

“EURODEZ”dan O’zbekistonda ko’p qavatli uylardagi xonadon, xususiy hovli uyi, qurilish xizmat xonalari va boshqa turdagi binolardagi kanalarni yo’q qilish. Bizda katta tajribaga ega, o’z ishining asl ustalarigina xizmat ko’rsatadi, ular yotar-joy kanalarining “odatlari”dan yaxshi xabardor. Kanalarga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun xodimlarimiz zamonaviy preparatlardan foydalanadi, mahalliy va xorijiy zararkunandalarga qarshi kurashning ilg’or tajribalarini qo’llaydilar.

Biz ishlatadigan mahsulotlar bolalar va uy hayvonlari salomatligi uchun mutlaqo zararsizdir. Bizning xizmatimiz hasharotlarni to’liq yo’q qilish kafolatini beradi, va hamda maxfiylikka amal qilinadi. Agar sizning turar-joyingizda kanalar paydo bo’lgan bo’lsa, aslo tushkunlikka tushmang, bu O’zbekistonda keng tarqalgan hodisadir. Kanalar bilan mustaqil ravishda kurashaman deb, shu tariqa ularning turar-joyingizni to’liq egallab olguniga qadar kutib o’tirmasdan, vaqtni boy bermay, ularni tezkorlik bilan va u qadar ham katta bo’lmagan pul evaziga yo’q qilish afzalroqdir. Ishining asl ustalarini tanlang!

Kanalarni zamonaviy kimyoviy moddalar bilan yo’q qilish – hasharotlarga qarshi kurashda ijobiy natijani kafolatlaydigan murakkab bo’lmagan qoidalarga rioya qilgan holda mutlaqo xavfsiz olib boriladigan muolaja.
Turar-joyni tuman generatori bilan zararsizlantirish chog’ida maxsus himoya vositalarisiz xonada bo’lish sog’liq uchun xavflidir, shuning uchun uy egalari ish olib borilishi muddatida turar-joyni tark etadilar.

Turar-joyni kanalardan tozalagandan so’ng nima qilish kerak?

Vaqt nuqtai nazaridan, turar-joyni kanalardan tozalash, xonalarda yashovchi kishilarning ko’pligi, xonalar maydoni va ularning ashyolar bilan band etilganligiga qarab 20 daqiqadan 1 soatgacha davom etadi.

Bizning dezinfektorimiz kvartirada kanalarni yo’q qilishni tugatgandan so’ng harakatlar algoritmi juda oddiy va quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Zararsizlantirish muolajasidan so’ng xonaning ekspozitsiyasi 1 soatdan 4 soatgacha, havoga purkalgan preparat to’liq joylashguniga va hasharotlar halok bo’lguniga qadar davom etadi;
  • Xonadon turar-joyiga qaytib, kamida yana bir soat davomida shamollatish uchun derazalarni ochib qo’yish; bu vaqt davomida xonalarning shamollatilishi natijasida, havodagi dorilangan bug’lar bilan nafas olmaslik uchun xonani tark etib turish kerak;
  • Shamollatgandan so’ng, yengil ishqoriy eritmaga namlangan mato bilan xonalarni artib chiqish zarur. Barcha eshik tutqichlari, yorug’lik o’chirgichlari, stol va javon yuza qismlari hamda siz aloqa qiluvchi (teguvchi) boshqa barcha ashyolar artib chiqilsin;
  • Siz bevosita yuradigan pol yuzalarini nam latta bilan artib chiqish tavsiya etiladi;
  • Ichki kiyim va o’rin-ko’rpalarni 60 darajadan past bo’lmagan haroratda yuvish zarur, chunki yuqori harorat ta’siridagina hasharotlar va ularning tuxumlari nobud bo’ladi;
  • Dori zarralarini yo’qotish uchun matrats, adyol, yostiqlarni silkitib, qoqib tashlash tavsiya etiladi;
  • Bir haftadan so’ng turar-joyda to’laqonli namli tozalash ishlarini amalga oshirish kerak.

O’zbekistonda kanalardan zararsizlantirish ishlari

Afsuski, uzoq muddatli amaliyot shuni ko’rsatadiki, kanalarga qarshi mustaqil ravishda kurashish nihoyatda kamdan-kam hollarda, u ham bo’lsa, bevosita xonadonda hasharotlar paydo bo’lgani aniqlangan kundayoq chora ko’rilsa foyda berishi mumkin, qolgan hollarda, kanalar xonadonda allaqachon joylashib bo’lganida mustaqil holda ularga qarshi kurashish foydasizdir. Qolaversa, ko’rsatmalarsiz zararsizlantirish moddalarini qo’llash orqali Siz o’zingizga zarar yetkazishingiz mumkin.

BIZNING MAHSULOTIMIZ

Bizning tayyor mahsulotlarimiz bilan tanishib chiqing

NIMA UCHUN AYNAN BIZNI TANLASH KERAK

BARCHA TURDAGI XONALARNI VA HAR QANDAY MAYDONDAGI HUDUDLARNI ZARARKUNANDALARDAN XALOS QILAMIZ

MIJOZLARIMIZNING MUAMMOLARI FAQAT BIZGAGINA MA’LUM BO‘LADI XOLOS

SHARTNOMA BO‘YICHA RASMIY KAFOLAT - 6 OYDAN 12 OYGACHA. TAKRORAN ISHLOV BERISH -50% CHEGIRMA ASOSIDA!

15 YILLIK ISH VA 225 MINGDAN ORTIQ BAJARILGAN BUYURTMALARDA - ATIGI 3,6 FOIZ TAKRORAN ISHLOV BERISH

    Bepul maslahat olish

    Kontaktlaringizni ko‘rsating va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishadi!

    *sizning ma’lumotlaringiz 3-chi shaxslarga berilmaydi