Kapalardan zararsizlantirish

Hududni (uchastka) kapalardan zararsizlantirish mas’uliyatli vazifadir, shuning uchun uni bog’, o’rmon bog’i va boshqa hududlarni iksod kapalardan professional akaritsid bilan ishlov berishni amalga oshiruvchi O’zbekistonning “EURODEZ” ixtisoslashtirilgan sanitariya-epidemiologiya xizmatiga ishonib topshirgan afzal.

Yozgi uyda (dacha uchastkasi) kapalarni yo’q qilish

Kapalarni yo’q qilish yoki odamlar yashaydigan va ochiq havoda dam olish joylarini akaritsid bilan zararsizlantirish muolajalari har yili kapalar faollashuvi mavsumi boshlanishi bilan amalga oshiriladi. Bu kapalar bilan yuqadigan infeksiyalar, masalan, kapalar ensefaliti va Laym kasalligining oldini olishning ajralmas qismi hisoblanadi.

Kapa chaqishi muammosi mavsumiy bo’lib, odatda erta bahordan yozning o’rtalarigacha va avgustdan oktyabr oyining o’rtalariga qadar davom etadi, bu muammo ayniqsa o’rmon yaqinida joylashgan dachalarda turuvchi aholining bog’dorchiligi uchun dolzarbdir. Dachalar faslining kelishi bilan, taxminan aprel oyida, birinchi chaqish to’g’risidagi xabarlar kela boshlaydi.

Kapa chaqishi. Insonlarda kuzatiluvchi tashqi belgilar

Kapa ensefalitini tashuvchi kapa chaqishlari eng xavfli hisoblanadi. Ensefalit kapaning chaqishi odamlarda ensefalitning avj olishiga olib kelishi mumkin, bu jiddiy kasallik bo’lib, u o’z vaqtida davolanmasa, o’limga olib kelishi mumkin.

Kapa chaqishi bilan yuqumli kasallikning ilk belgilari – ko’ngil aynishi, bosh aylanishi, haroratning keskin oshib ketishi kabilarning paydo bo’lishini kutib o’tirmaslik kerak, aksincha darhol hasharotlar chaqishi bo’yicha mutaxassis-shifokorlar bilan bog’lanish darkor! Hech qanday holatda kapani siqib chiqarish, qisqich yoki tirnoq bilan tortib olishga urinmang, chunki bu holda hasharotning boshi yarada qolib ketishi mumkin, bu esa turli noxush asoratlarga olib keladi! Chaqish joyini va kapaning o’zini moylab, u o’z-o’zidan chiqib ketguncha bir necha daqiqa kutib turing, so’ng uni biror idishga solib qo’yib, tadqiqot uchun yuboring.

Siz o’zingiz va yaqinlaringizning dachadagi yoqimli bahoriy kayfiyatdagi ta’tilini jiddiy noxush hodisaga aylantirmaganingiz yaxshi, ayniqsa, infeksiyani yuqtirish ehtimoli mavjud bo’lganda. Yuqorida qayd etilgan davrlarda yalang oyoq holatda o’rmon bo’ylab yurish qat’iyan nomaqbuldir, buni doimo yodda saqlash zarur.

Kapalarga qarshi zararsizlantirish muolajalari

Kapalardan hududni zararsizlantirish qiymati hududda butalarning mavjudligi, ularning soni, maydoniga bog’liq va yakuniy narxni bizning mutaxassislarimiz joyida – ko’z o’ngingizda hisoblab chiqishadi.

Agar siz o’z uchastkangizni profilaktik zararsizlantirish yuzasidan oldindan g’amxo’rlik ko’rsatsangiz, va yoki barcha bog’dorchilik va uning atrofidagi hududlar o’zaro birlashgan holda ushbu faoliyatlarni o’tkazsa, u holda mavsum davomida kapalar bilan bog’liq noxush vaziyatlar va ular qo’shni hududdan shamol bilan uchirilib yoki hayvonlar tomonidan olib kelinishidan xavotir olmasangiz ham bo’ladi.

Hududni kapalardan akaritsid bilan zararsizlantirish sizni ushbu hasharotlar paydo bo’lishidan samarali qutqaradi, shuningdek, chivin va mayda chivinlar kabi boshqa qon so’ruvchi hasharotlar sonini yanada kamaytirishga yordam beradi.

Kapalar va boshqa hasharotlardan hududni professional ravishda zararsizlantirish muolajasini bizning ofisimizga tashrif buyurish orqali yoki telefon orqali bog’lanib buyurtma qilishingiz mumkin.

Заказать профессиональную обработку участка от клещей и других насекомых можно на нашем сайте либо связавшись с нами по телефону.

BIZNING MAHSULOTIMIZ

Bizning tayyor mahsulotlarimiz bilan tanishib chiqing

NIMA UCHUN AYNAN BIZNI TANLASH KERAK

BARCHA TURDAGI XONALARNI VA HAR QANDAY MAYDONDAGI HUDUDLARNI ZARARKUNANDALARDAN XALOS QILAMIZ

MIJOZLARIMIZNING MUAMMOLARI FAQAT BIZGAGINA MA’LUM BO‘LADI XOLOS

SHARTNOMA BO‘YICHA RASMIY KAFOLAT - 6 OYDAN 12 OYGACHA. TAKRORAN ISHLOV BERISH -50% CHEGIRMA ASOSIDA!

12 YILLIK ISH VA 225 MINGDAN ORTIQ BAJARILGAN BUYURTMALARDA - ATIGI 3,6 FOIZ TAKRORAN ISHLOV BERISH

    Bepul maslahat olish

    Kontaktlaringizni ko‘rsating va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishadi!

    *sizning ma’lumotlaringiz 3-chi shaxslarga berilmaydi