Uncategorized @uz

Dezinseksiya bo‘yicha eng top savollar

Savol: Ishlov berish qancha davom etadi?
Javob: Odatda ishlov berish 30 daqiqadan 1,5 soatgacha davom etadi.

Savol: Xonaga qancha vaqt qaytish mumkin emas?
Javob: Xonalar ekspozitsiyasi vaqti hasharotlarning ko‘pligiga, mebellar (uy jihozlari) bilan egallanganligiga, ta’mirlashning murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi va odatda 8 soatgacha vaqtni egallaydi.

Savol: Ishlov berilgandan so‘ng hasharotlar qo‘shnilarnikidan kirib kelishi mumkinmi?
Javob: Yo‘q, sababi xonalarga ishlov berilgandan so‘ng hasharotlar migratsiyasidan himoya qiluvchi preparatdan “to‘siq” yuzaga keladi.

Savol: Beriladigan ishlov xona ta’miriga, mebellarga zarar yetkazmaydimi?
Javob: Yo‘q, ishlov berilgandan keyin mebellarda ham, kiyimlarda ham, pol, devor, shift yuzalarida ham hech qanday iz qolmaydi.

Savol: Nima bilan zaharlaysiz?
Javob: Dezinseksiya uchun zamonaviy professional (shuning uchun bir sutkaga ketish talab qilinmaydi) vositalardan foydalanamiz. 3-4-toifa xavflilik (masalan, dixlofos, karbofos va ije 2-toifa xavflilik darajasida). Ular qo‘l purkagichlari va sovuq tuman qurilmasi yordamida sepiladi – preparat murakkab joylargacha kiritiladi.

Savol: Bu samaralimi, hasharotlar nobud bo‘ladimi, kafolat bormi?
Javob: hasharotlarning katta qismi ishlov berish vaqtidayoq nobud bo‘ladi. Biroq, suvarak va chumolilarning alohida zotlari yana 2-3 hafta davomida yo‘qoladi. Kanalar esa 3-5-kunda o‘ladi, sababi ular har 3-5 kunda oziqlanadi. Agar bizning tavsiyalarimizga rioya etilsa, hasharotlar qaytmaydi. Agar ishlov berish yordam bermasa – shartnoma bo‘yicha ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarni almashtirgan holda, takroriy chaqiruv taqdim etiladi.

Savol: Bu xavfli emasmi? Mening farzandlarim, uy hayvonlari, gullarim bor?
Javob: Albatta, biz qo‘llaydigan barcha vositalar insonlar va hayvonlar uchun mutlaq xavfsiz. Ishlov berish va shamollatish (2-3 soat) vaqtida odamlar va hayvonlar xonadondan chiqib ketadilar. O‘simliklarga zarar yetmaydi.